<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><lyrics>[V1]
 // Inson qilib keltirding bu yorugʻ olamingga,
 Shukur qilib yashayman, bergan har bir kuningga. //
 Kuch ber, quvvat ber Tangrim dogʻ tegizmay Nomingga,
 Oʻtkinchi bu dunyoda qoʻlla meni ilohim.
 Kuch ber, quvvat ber Tangrim dogʻ tegizmay Nomingga,
 Ikki dunyo baxtidan inʼom etgin Xudoyim.

[V2]
 // Emgaklagan boladek talpinaman bagʻringga,
 Imon bergin Otajon, sabot bergin sabrimga. //
 Umid bilan yashayman uchramay deb qahringga,
 Muborak yuzlaringni koʻray men ham ilohim.
 Umid bilan yashayman uchramay deb qahringga,
 Ikki dunyo baxtidan inʼom etgin Xudoyim.

[V3]
 // Bilmadim hali qancha sinovlar kutar meni,
 Oldinda nimalar bor, ne domlar yutar meni? //
 Lek yuragimda saqlab olqishlay Tangrim Seni,
 Yengib oʻtay barchasin quvvat bergin ilohim.
 Lek yuragimda saqlab olqishlay Tangrim Seni,
 Ikki dunyo baxtidan inʼom etgin Xudoyim.

[V4]
 // Yolgʻonchi shayton bilan ketayotgandim qochib,
 Xochda toʻkding qoningni ruhiy koʻzlarim ochib. //
 Kutardim meni o Tangrim yoʻllaringga gul sochib,
 Jon-u tanim, ruhimni qoʻlingga ol ilohim.
 Kutardim meni o Tangrim yoʻllaringga gul sochib,
 Ikki dunyo baxtidan inʼom etgin Xudoyim.
 Quvvat bergin ilohim, quvvat bergin Xudoyim,
 Ikki dunyo baxtidan inʼom etgin Xudoyim.</lyrics>
<title>Inson qilib Q85</title>
<hymn_number>85</hymn_number>
</song>